5 KUNLIK BEPUL SINOV · BIZNES UCHUN

Telegram orqali savdo —
avtomatik va xavfsiz

Telegram botingiz orqali to‘lov qabul qiling, mahsulot va xizmatlaringizni avtomatik yetkazing va barcha buyurtmalarni bitta kabinetda kuzating.

5 kunBepul sinov
3%Komissiyadan boshlab
5To‘lov usuli
24/7Bot ishlaydi
Xarid tasdiqlandiPremium obuna → Aziza K.
[webhook] ✓ 200 OK
To‘lov usullari
REAL-TIME YETKAZISH

To‘lovdan buyurtmaga soniyalarda

Mijoz botda mahsulotni tanlaydi va to‘laydi. Tizim to‘lovni avtomatik tasdiqlaydi va buyurtmani webhook orqali tizimingizga yuboradi — admin aralashuvisiz.

  1. Mijoz mahsulotni tanlaydiBotda bo‘lim, kategoriya va mahsulot
    1
  2. To‘lov avtomatik tasdiqlanadiCLICK, Paynet, MirPay yoki balansdan
    2
  3. Buyurtma tizimingizga yetadiWebhook orqali — 1–3 soniyada
    3
Webhook · CRM, sayt, ilova Qo‘lda yetkazish Shifrlangan kalitlar
Onlayn do‘konbot · online
Xush kelibsiz! Balansingiz: 50 000 so‘m
Bo‘limni tanlang.
ObunalarKurslar
Premium obuna · 1 oy — 49 000 so‘m
Email manzilingizni kiriting.
aziza@mail.uz
✓ Xarid tasdiqlandi
Premium → aziza@mail.uz · Qoldiq: 1 000 so‘m
POST /orders · premium_1m[webhook] ✓ 200 OK
Imkoniyatlar

Platforma imkoniyatlari

Onlayn savdo uchun zarur bo‘lgan hamma narsa — bitta kabinetda

Telegram do‘koni

O‘z botingizni ulang. Mijozlaringiz mahsulot va xizmatlarni ko‘rishi, balansini to‘ldirishi va buyurtma berishi mumkin.

Avtomatik yetkazish

Xariddan so‘ng tizimingizga webhook orqali buyurtma yuboriladi yoki u qo‘lda bajariladi. Har bir mahsulot uchun alohida sozlanadi.

To‘lovlarni qabul qilish

Platforma kassasidan foydalaning yoki tarifingizga muvofiq o‘z CLICK, Paynet va MirPay kassangizni ulang.

Hisob va pul yechish

Platforma kassasi orqali tushgan mablag‘larni kuzating va shaxsiy kabinetdan pul yechish so‘rovini yuboring.

Sotuvlar hisoboti

Tushum, buyurtmalar va mahsulotlar bo‘yicha natijalarni ko‘ring. Mijozlarning xarid tarixi bir joyda saqlanadi.

Shaxsiy domen

Business tarifida boshqaruv panelini 3 tagacha o‘z domeningizda oching — panel.biznesingiz.uz, SSL avtomatik.

Mijozlarga xabarlar

Pro va Business tariflarida bot foydalanuvchilariga yangiliklar, aksiyalar va muhim e’lonlarni yuboring.

Loyihalarni boshqarish

Har bir loyiha yoki filial uchun mahsulotlar, kategoriyalar va yetkazish usulini alohida sozlang.

4 qadam

Qanday ishlaydi?

To‘rt oddiy qadamda biznesingiz uchun Telegram do‘kon oching

01

Hisob yarating

Pochta va biznesingiz nomini kiriting — 5 kunlik sinov darhol boshlanadi.

02

Botni ulang

Telegram bot tokenini kiriting, bot bir zumda ishga tushadi.

03

Mahsulotlarni qo‘shing

Mahsulot va xizmatlar, narxlar hamda yetkazish usulini sozlang.

04

Sotishni boshlang

Bot havolasini mijozlaringiz bilan ulashing — to‘lovlar avtomatik.

Webhook so‘rovidan namuna
POST https://api.biznesingiz.uz/orders
{ "order_id": 1042, "product": "premium_1m",
  "customer": "aziza@mail.uz", "amount": 49000 }
Narxlar

Tariflar

Barcha tariflarda 5 kunlik bepul sinov · karta talab qilinmaydi

Start

Kichik biznes uchun tez boshlash
25 000 so‘m/oy
Kassa komissiyasi: 5%
  • 1 ta loyiha
  • 30 tagacha mahsulot
  • O'z Telegram botingiz
  • CLICK, Paynet, Tezkor — bizning kassa
  • Admin orqali (chek) to'lov
  • Webhook orqali avtomatik yetkazish
  • Hisobotlar
5 kun bepul sinash
Tavsiya etiladi

Pro

O'sib borayotgan biznes uchun
49 000 so‘m/oy
Kassa komissiyasi: 4%
  • 3 ta loyiha
  • 150 tagacha mahsulot
  • O'z CLICK / Paynet / MirPay kassangiz
  • Reklama (barcha mijozlarga xabar)
  • Start'dagi hamma narsa
5 kun bepul sinash

Business

Katta biznes uchun to'liq imkoniyat
99 000 so‘m/oy
Kassa komissiyasi: 3%
  • Cheksiz loyiha va mahsulot
  • Panel uchun 3 tagacha o'z domeningiz
  • Brendingsiz vitrina
  • Ustuvor yordam
  • Pro'dagi hamma narsa
5 kun bepul sinash
Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

To‘lovlar, xizmat shartlari va texnik ulanish bo‘yicha

Do‘konni ishga tushirish uchun nima kerak?

Hisob yarating va Telegram botingiz tokenini kiriting. Keyin mahsulot yoki xizmatlaringizni, narxlarni va yetkazish usulini — webhook yoki qo‘lda — sozlaysiz.

To‘lovlar qayerga tushadi va komissiya qanday olinadi?

Platforma kassasida to‘lovdan tarif bo‘yicha komissiya ushlanadi, qolgan mablag‘ hamyoningizga yoziladi. O‘z kassangiz ulangan bo‘lsa, mablag‘ tegishli to‘lov tizimidagi hisobingizga tushadi. Platforma komissiyasi tariflar bo‘limida ko‘rsatilgan.

Chek orqali to‘lov qanday tasdiqlanadi?

Mijoz to‘lov chekini yuboradi. Administrator to‘lovni tekshirib, qo‘lda tasdiqlaydi. Bu usul avtomatik to‘lov tizimlaridan alohida boshqariladi.

O‘z tizimimga (CRM, sayt, ilova) ulash mumkinmi?

Ha. Har bir xariddan so‘ng tizimingizga webhook — HTTP so‘rov — yuboriladi yoki buyurtmani qo‘lda bajarasiz. Mavjud imkoniyatlar tanlangan tarifga bog‘liq.

Bepul sinov tugagach nima bo‘ladi?

Sinov muddati tugagach bot faoliyati to‘xtatiladi, ma’lumotlaringiz saqlanadi. Xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun shaxsiy kabinetda tarifni faollashtirasiz.

Bot tokeni va kassa kalitlari qanday saqlanadi?

Telegram bot tokeni, webhook kalitlari va kassa ma’lumotlari bazada shifrlangan holda saqlanadi.

Do‘koningizni bugun ishga tushiring

Hisob yarating va 5 kun davomida barcha imkoniyatlarni bepul sinab ko‘ring.